«Zakovat» intellektual o’yini

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-96-sonli qarorida hamda «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha respublika tashkiliy qo’mitasining 2022-yil 19-apreldagi 1-yig’ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasidagi «Zakovat» intellektual o’yinining hududiy bosqichi 25-sentabr kuni bo’lib o’tdi.  

💥Ushbu o’yinda Shirin energetika kolleji faxrli 1-o’rinni egallab respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan edi va joriy yilning 27-oktabr kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan «Zakovat» intellektual o’yinining respublika bosqichida ham faol ishtirok etishdi.