Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 16-iyuldagi PQ-258-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
Joriy yilning 26-oktabr kuni Shirin energetika kollejida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi F.O’rinboyev hamda kollej o’quvchilari ishtirokida Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda shoirning she’rlaridan parchalar o’qilib, boy adabiy merosini sharaflash, uning ijodini yosh avlodga tanishtirish, milliy madaniyat va adabiyotning madaniy rivojlanishiga qo’shgan hissasi qayta yodga olindi.
Shuningdek, Ajiniyoz Qo’siboy o’g’lining qoraqalpoq adabiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi va uning asarlarining bugungi kunda ham o’z faoliyatini yo’qotmaganligi ta’kidlandi.