«Zakovat» intellektual o’yini

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-96-sonli qarorida hamda «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha respublika tashkiliy qo’mitasining 2022-yil 19-apreldagi 1-yig’ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasidagi «Zakovat» intellektual o’yinining hududiy bosqichi 25-sentabr kuni bo’lib o’tdi.  

💥Ushbu o’yinda Shirin energetika kolleji faxrli 1-o’rinni egallab respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan edi va joriy yilning 27-oktabr kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan «Zakovat» intellektual o’yinining respublika bosqichida ham faol ishtirok etishdi.

Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti

Sirdaryo viloyati Shirin shahar Oila va xotin-qizlar bo’limi tomonidan yuborilgan 2024-yil 21-oktabrdagi 119-son xat ijrosini ta’minlash maqsadida ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi 1999-yil 10-iyundagi 2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida har yili «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti uchun 14-30 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar hujjatlari saralanadi.

💫Shu munosabat bilan joriy yilning 27-oktabr kuni Shirin energetika kollejida ham ushbu tadbir o’tkazildi. Hakamlar hayatining xulosasiga ko’ra tanlovda barcha shartlar bo’yicha 5 nafar o’quvchi qizlardan yuqori bal to’plagan AVM-2-23 «A» guruhi talabasi Adiljonova Zarina mutlaq g’olib deb topildi va shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 16-iyuldagi PQ-258-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

Joriy yilning 26-oktabr kuni Shirin energetika kollejida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi F.O’rinboyev hamda kollej o’quvchilari ishtirokida Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 200 yilligiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda shoirning she’rlaridan parchalar o’qilib, boy adabiy merosini sharaflash, uning ijodini yosh avlodga tanishtirish, milliy madaniyat va adabiyotning madaniy rivojlanishiga qo’shgan hissasi qayta yodga olindi.

Shuningdek, Ajiniyoz Qo’siboy o’g’lining qoraqalpoq adabiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi va uning asarlarining bugungi kunda ham o’z faoliyatini yo’qotmaganligi ta’kidlandi.

Kitob – mening do’stim” ko’rik-tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-oktabrdagi 3/15-1361-sonli xatida talaba va o’quvchilar o’rtasida “Kitob – mening do’stim” respublika ko’rik-tanlovini tashkil etish va o’tkazish vazifasi ma’lum qilingan edi.
Shu munosabat bilan Shirin energetika kollejida boshlang’ich professional ta’lim darajasida tahsil olayotgan o’quvchilar o’rtasida “Kitob – mening do’stim” ko’rik-tanlovi tashkil etildi. 21-oktabr – Til bayrami…