Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti

Sirdaryo viloyati Shirin shahar Oila va xotin-qizlar bo’limi tomonidan yuborilgan 2024-yil 21-oktabrdagi 119-son xat ijrosini ta’minlash maqsadida ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi 1999-yil 10-iyundagi 2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida har yili «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti uchun 14-30 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar hujjatlari saralanadi.

💫Shu munosabat bilan joriy yilning 27-oktabr kuni Shirin energetika kollejida ham ushbu tadbir o’tkazildi. Hakamlar hayatining xulosasiga ko’ra tanlovda barcha shartlar bo’yicha 5 nafar o’quvchi qizlardan yuqori bal to’plagan AVM-2-23 «A» guruhi talabasi Adiljonova Zarina mutlaq g’olib deb topildi va shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.